Mazkur universitet oliy taʼlim sohasiga yetakchi xorijiy taʼlim muassasalarining ilgʻor tajribasini joriy etish ishlarini yanada kengaytirish maqsadida tashkil etilgan boʻlib, muhandislik, sogʻliqni saqlash, axborot texnologiyalari, arxitektura va dizayn, iqtisodiyot va moliya, xalqaro munosabatlar sohalari uchun oliy maʼlumotli kadrlarni xalqaro standartlar darajasida tayyorlashga qaratilgan.
2024/2025 oʻquv yilida Toshkent shahrida Amerika texnologiyalar universitetida Xalqaro savdo va Dasturiy muhandislik yoʻnalishida bakalavr bosqichida oʻqish tashkil etiladi.
Keyinchalik oʻquv dasturlari kengaygani sari OTM Arizona davlat universitetining diplomlaridan tashqari AQSHning boshqa yetakchi universitetlari diplomlarini berishi mumkin boʻladi.