Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tumani boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.M. fuqaro B.G.ning ishonchiga kirib, unga goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Amerika Qoʻshma Shtatlariga borishi uchun viza olib berib, u yerda ish bilan taʼminlashi evaziga 40 000 AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.