Toshkentda avariya holatidagi uy aholisi favqulodda ko'chirildi

    Voqea-hodisalar 1 Iyun 2023 1364

    Toshkent shahri, Chilonzor tumani Naqqoshlik ko'chasi 3a-uyda yuzaga kelgan avariya holati mutaxassislar tomonidan o'rganildi.

    Mazkur manzildagi ko'p qavatli uyda yoriqlar paydo bo'layotganligi tuman hokimi S.Xolxo'jaev boshchiligidagi mas'ullar va FVVning Toshkent shahar va tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan o'rganilib, holat insonlar salomatligi va hayoti xavfsizligiga ta'sir qilishining oldini olish maqsadida fuqarolarni boshqa manzillarga ko'chirishga qaror qilingan.

    Hozirda ushbu xonadonlarda yashovchi 104 nafar fuqarodan 41 nafari ya'ni 15 ta oila boshqa manzillarda istiqomat qiluvchi yaqinlarining xonadonlariga ko'chib o'tmoqda. 17 ta xonadonda yashovchi 63 nafar fuqaro esa vaqtincha turar joy bilan ta'minlandi.

    Ayni paytda mutasaddilar tomonidan ushbu uy aholisini turar joy bilan ta'minlash masalasi ko'rib chiqilmoqda.

    Ma'lumot o'rnida: Chilonzor tumani “Naqqoshlik” MFY, Naqqoshlik ko'chasi 3a-uy 1968 yilda qurilgan bo'lib, unda jami 32 ta xonadon mavjud.