Toshkentda Avliyo ota koʻchasining bir qismi 10 kunga yopiladi

    Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati poytaxtdagi Avliyo ota koʻchasining bir qismi 10 kunga yopilishini eʼlon qildi.

    Maʼlum qilinishicha, Mirobod tumani isteʼmolchilarining elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida, “Yuksak” va “Qoʻqon” podstansiyasi oraligʻidagi 110 kVli kabel tarmogʻini yangilash ishlari olib borilmoqda.

    Shu munsabati bilan, Mirobod tumanidagi Avliyo ota koʻchasi hamda ushbu koʻchaning Nukus va Kichik halqa avtomobil yoʻli koʻchalari bilan kesishmalari 22-apreldan 10 kun muddatga yopiladi.

    Keltirilgan noqulaylik uchun uzr soʻragan holda, haydovchilarga shu vaqt oraligʻida aylanma yoʻllardan foydalanish tavsiya qilindi.