Toshkentda avtobus bekati qulab tushdi

    Yashnobod tumanidagi yangi qurilgan "Gʻalabaning 40-yilligi" nomli avtobus bekat ikki kundan soʻng qulab tushdi.

    Bu haqda "Toshshahartransxizmat" AJ matbuot xizmati xabar berdi.

    Qayd etilishicha, Yashnobod tumanida joylashgan avtobus bekati tuman hokimligi tomonidan shu yilning 15-iyul kuni barpo etilgan boʻlib, ularning ustuni yaxshi mustahkamlanmagani sababli 17-iyul kuni bekat agʻdarilib tushgan.

    Hodisa tunda sodir boʻlganligi sababli fuqarolarga zarar yetmagan.

    Hozirda tuman hokimligi masʼullari tomonidan kamchiliklar bartaraf etilmoqda.