Toshkentda avtobus yonib ketdi

    Sergeli tumanida Mercedes-Benz jamoat transport vositasida yongʻin kelib chiqdi.

    2024-yilning 15-iyun kuni soat 11:35 larda Sergeli tumani Lutfikor koʻchasida, Mercedes-Benz rusumli transport vositasida yongʻin kelib chiqqan.

    Yongʻin tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Yongʻin natijasida tan jarohati olganlar yoʻq.

    Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yongʻin yuzaga kelishining sabablari va zarar miqdoriga aniqlik kiritilmoqda.