Maʼlum qilinishicha, “Toshshahartransxizmat” AJning 8 ta avtobus saroyi filialida “Harakat xavfsizligini nazorat qilish boʻlimi” tashkil etilgan. Mazkur boʻlinma yoʻlovchilarga koʻrsatilyotgan jamoat transporti xizmati sifatini oshirish hamda avtobus haydovchilarining belgilangan tartib asosida faoliyat yuritishini nazorat qiladi.

Bugun harakat xavfsizligini nazorat qiluvchi xodimlarga oʻz xizmat faoliyatini tezkor va xavfsiz olib borishi, avtobuslar harakatini nazorat qilishi hamda jamoat transporti harakatiga toʻsqinlik qiluvchi omillarni aniqlab, ularni bartaraf qilish choralarini koʻrish uchun maxsus mayoqchali xizmat avtomashinalari, nur qaytaruvchi nimcha, favqulodda holatni anglatuvchi belgi hamda jezl (tayoqcha) topshirildi.

Taʼkidlash kerakki, mazkur avtomashinada xizmat koʻrsatuvchi xodimlar faqatgina avtobuslar harakatini nazorat qilishi koʻzda tutilgan.