FVV axborot xizmatining ma’lum qilishicha, bugun soat 06:51 da Toshkent shahar Chilonzor tumani “Beshqo‘rg‘on” MFY, TXAY ko‘chasida 147-sonli “Chorsu bozori" va "Chinni bozor” yo‘nalishida harakatlangan “Mercyedes-Benz” rusumli avtobusning mator qismida yong‘in yuzaga kelgan.
Shunga ko‘ra, 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yong‘in joyiga soat 07:00 da yetib borgan. Yong‘in ekipaj borgunga qadar bozor hududiy yong‘in o‘chirish ekipaji va birlamchi yong‘in yo‘chirish vositalari yordamida o‘chirilgan. Yong‘in taxminan elektr simlaridagi qisqa tutashuv natijasida sodir bo‘lgan.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.