Toshkentda "Аvtomobilsiz kun" tadbiri oʼtkaziladi

    Joriy yilning 28-aprel kuni Toshkent shahrida "Аvtomobilsiz kun" tadbiri oʼtkaziladi.  Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

    Xabarga koʼra, ushbu kun doirasida shaxsiy avtomobillarda harakatlanishni kamaytirish, aholi orasida jamoat transportidan va velosipeddan foydalanishning hamda piyoda yurishning afzalliklarini targʼib etishga qaratilgan koʼplab tadbirlar tashkil etiladi

    "Dunyoda "Аvtomobilsiz kun" tadbiri 1995-yildan buyon oʼtkaziladi. Jahon uzra ommalashganiga esa 23 yil boʼldi. Bu tadbirning ahamiyati beqiyos — bir tomondan insonlar oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish boʼlsa, ikkinchi tomondan atrof-muhitda barqarorlikni saqlash, tabiatga zaharli gazlar chiqishini imkon qadar kamaytirishdir", deyiladi xabarda.