Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi xabar berdi.
Qayd etilishicha Toshkent viloyati, Qibray tumanida yashovchi 1989-yilda tugʻilgan Z.А. 2011-yilda tugʻilgan oʻgʻli va 2014-yilda tugʻilgan qiz farzandi boʻlgan. Turmushidan ajralgan ayol ijara asosida Chirchiq shahrida yashab kelgan.
Maʼlumotlarga koʻra, ayol shu yilning 29-mart kuni 2014-yilda tugʻilgan qiz farzandini 2 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, shundan 500 AQSH dollarini olayotgan vaqtda tezkor tadbirda ushlandi.
Ayol sud majlisida aybiga qisman iqrorlik bildirib, u bu ishga farzandlarini boqishga qiynalgani sabab qilib koʻrsatdi.
Jinoyat ishlari boʻyicha Qibray tuman sudining shu yil 26-iyundagi hukmi bilan Z.А. Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 3-qismi "a" bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 8-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.