Toshkentda ayol farzandini ayovsiz kaltakladi

    Ijtimoiy tarmoqlarda ayol yosh bolasini urgani aks etgan video jamoatchilikning keng muhokamasiga sabab boʻldi.

    Holat boʻyicha Toshkent shahar IIBB maʼlumot berdi.

    Qayd etilishicha, 2022-yilning taxminan avgust oylarida 1997-yilda tugʻilgan L.M. Shayxontohur tumanida joylashgan yashash xonadonida farzandi 2020-yilda tugʻilgan R.S.ga qoʻpol munosabatda boʻlib jahl ustida urgan.

    Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110-moddasi (“Qiynash”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

    Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda, yakuni boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.