Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea tumanning “Miskin” mahallasida yuz bergan. Ayol avval 1,5 va 3 yoshda bo‘lgan farzandlarini, so‘ng o‘zini derazadan tashlagan. Ayol vafot etgan. Bolalari esa tirik qolgan bo‘lib, shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, voqea 17-sentyabr kuni soat 14:18 larda sodir bo‘lgan. 24 yoshli ayol turmush o‘rtog‘i bilan rashk tufayli kelib chiqqan kelishmovchilik oqibatida jahl qilib, 2022 va 2024-yillarda tug‘ilgan ikki nafar farzandini o‘zlari yashab turgan uyning 4-qavati yo‘lak derazasidan pastga tashlab yuborgan.
So‘ngra o‘sha uyning 8-qavati yo‘lak derazasidan o‘zini ham pastga tashlagan. Hodisa oqibatida ayol shifoxonada vafot etgan, ikki nafar voyaga yetmagan bolaning hayoti saqlab qolingan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksning 25,97-moddasi (qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.