Maʼlum qilinishicha, joriy yil 6-yanvar kuni soat 18:50 atrofida nomaʼlum shaxs Uchtepa tumani Lutfiy koʻchasida 1996-yilda tugʻilgan ayolga nisbatan uyatsiz buzuq harakat sodir etib, voqea joyidan qochib ketgan.
Toshkent shahar IIBB tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida gumonlanuvchining shaxsi aniqlanib, u 1993-yilda tugʻilgan V. Andrey ekani maʼlum boʻldi va u ichki ishlar organlari tomonidan ushlandi.
Hozirda holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Yakuni boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinadi.
Agar ushbu shaxsning nojoʻya xatti-harakatlaridan jabr koʻrgan boʻlsangiz, 71-231-95-20 yoki 102 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.