Shu sababli 14-iyuldan quyidagi avtobus yo‘nalishlari muqobil ko‘chalar orqali harakatlanadi:

132-yo‘nalish – Qipchoq, Yangi Sergeli, Shokirariq va M.Tursunzoda ko‘chalari orqali.

143-yo‘nalish – Obihayot, Yangi Sergeli, Qipchoq ko‘chalari, Chinor metro bekati, Qipchoq va Sofdil ko‘chalari orqali.

104-yo‘nalish – Qipchoq ko‘chasi, Chinor metro bekati, M.Tursunzoda, Shokirariq va Yangi Sergeli ko‘chalari orqali.

112-yo‘nalish – Qipchoq ko‘chasi, Chinor metro bekati, Qipchoq, Qo‘rg‘ontepa va Lutfkor ko‘chalari orqali.

66-yo‘nalish – Qipchoq ko‘chasi hamda Chinor metro bekati orqali harakatlanadi.

Ta’mirlash ishlari davomida ushbu hududda transport tirbandligi yuzaga kelishi, avtobuslar qatnov vaqti hamda harakat oralig‘ida o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin. Yo‘lovchilardan safarlarini oldindan rejalashtirishlari so‘raladi.