Toshkentda ayrim ko‘chalar 20 kunga yopilishi aytildi

    Yashnobod tumanida tarmoq quvurlarini oʻtkazish ishlari yoʻl qatnovining maʼlum qismi yopilgan holda oʻtkaziladi.

    Bu haqda Veolia Energy Tashkent kompaniyasi maʼlum qildi.

    Taʼkidlanishicha, 10-oktyabrdan 30-oktyabrgacha issiqlik mavsumiga tayyorgarlik doirasida Yashnobod tumanida quyidagi koʻchalar boʻylab avtomobil yoʻl qatnovining maʼlum qismini yopgan holda tarmoq quvurlarini oʻtkazish ishlarini olib boradi:

    • Ashrafi va Izzat koʻchalari chorrahasidan Birlashgan va Izzat koʻchalari chorrahasigacha — diametri 600 mm va uzunligi 60 m quvurlar almashtiriladi;
    • Avtomobil qatnov yoʻli Ashrafi va Izzat koʻchalari chorrahasidan Beshariq va Izzat koʻchalari chorrahasigacha yopiladi.

    Mazkur ishlar issiq suv taʼminoti isteʼmolchilariga cheklovlarsiz amalga oshiriladi.

    “Veolia Energy Tashkent” MCHJ XK vaqtinchalik noqulayliklar uchun oldindan uzr soʻraydi va belgilangan muddatlarda rejalashtirilgan ishlarni tizimli bajarish uchun oʻz tomonidan barcha zarur choralarni koʻradi.