Bu haqda Toshkent shahar IIBB boshligʻi, general-mayor Aziz Tashpulatov raisligida IIBB YHXB tomonidan 2024-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar hamda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarning muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilishda aytib oʻtildi.

YTHning 240 tasi piyodalar ishtirokida sodir etilgan. YTHning sabablari tahlili qilinganda, haydovchilar tomonidan yoʻl harakati qoidalarga rioya qilmasligi, piyodalarning belgilanmagan joylardan yoʻlni kesib oʻtishi natijasida sodir etilganligi 99 foiz holatlarda qayd etilgan.

Uchrashuvda shuningdek, Roʻyxatdan oʻtkazish va imtihon olish boʻlimi faoliyatiga toʻxtalib, fuqarolarga qoʻshimcha qulaylik yaratish hamda xodimlar oʻrtasida korrupsion holatlarni oldini olish maqsadida “Yunusobod”, “Chilonzor”, “Uzbum-Mirobod”, “Fayzobod” roʻyxatlash boʻlinmalarida 3 bosqichli yangi elektron tizim joriy etilganiga alohida toʻxtaldi.

Bunda aholiga davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq barcha jarayonlar elektron qurilmalar va Yagona elektron tizim orqali amalga oshirilishi nazarda tutilganligi, biroq ayrim hollarda xodimlar tomonidan bu tizimdan toʻliq foydalanilmayotganligi tanqid qilindi.

Yigʻilish soʻngida general-mayor A.Tashpulatov sohaviy xizmatning barcha mutasaddilari oʻzlariga biriktirilgan yoʻnalish boʻyicha ishni jadallashtirishi, har bir rahbar va xodimlar tomonidan kasb madaniyati va xizmat intizomiga qatʼiy rioya qilishlari, fuqarolar bilan xushmuomalada boʻlishlari, noqonuniy xatti-harakatlarga mutlaqo yoʻl qoʻymasliklari, faoliyat samaradorligini oshirish toʻgʻrisida bir qator koʻrsatmalar berib oʻtdi.