Kecha Mirzo Ulug‘bek tumani, Oltintepa ko‘chasida joylashgan honadonlarning birida, uy egalari tomonidan konalizatsiya quvurini ta’mirlash maqsadida qazilgan chuqur o‘pirilib tushdi va bir fuqaro tuproq ostida qolib ketdi.

Hodisa bo‘yicha xabar Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga kecha soat 19:13da kelib tushdi.

Shunga ko‘ra zudlik bilan olib borilgan harakatlar natijasida fuqaro xavfsiz joyga olib chiqildi.

Bemor tez tibbiy yordam xodimlariga topshirildi. Ayni vaqtda fuqaroning ahvoli yaxshi.