Toshkentda bitta avtobus va ikkita mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi

    Voqea-hodisalar 24 Sentabr 2024 862

    Shu yilning 24-sentyabr kuni “Cobalt”, “Tracker” rusumli yengil avtotransport vositalari va “King Long” rusumli avtobus ishtirokida yoʻl transport hodisasi sodir boʻldi.

    Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati xabar berdi.

    Qayd etilishicha, “12-Avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi “King Long” rusumli, davlat raqami 01|405 LKA boʻlgan, 131-sonli yoʻnalish haydovchisi Q.A (1974-yil tugʻilgan, ish staji 32-yil) boshqaruvidagi avtobus, Olmazor tumani Talabalar koʻchasi boʻylab harakatlanib ketayotgan vaqtda, “Musiqa maktabi” qarshisida “Cobalt” va “Tracker” rusumli yengil avtotransport vositalari ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi.

    Maʼlumotga koʻra, ushbu yoʻl-transport hodisasi “Cobalt” rusumli avtomobil haydovchisi aybi bilan sodir etilgan boʻlib, hodisa oqibatida “Tracker” rusumli avtomobil haydovchisi K.F, yoʻlovchisi T.M va E.A lar yengil tan jarohati olgan, “Cobalt” va “Tracker” rusumli yengil avtotransport vositalari hamda avtobus texnik shikastlangan.

    YTH oqibatida tan jarohat olgan vafot etganlar yoʻq. Barcha jabrlanuvchilarning ahvoli yaxshi.

    Hozirda ushbu yoʻl-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilganligini maʼlum qilamiz, — deyiladi xabarda.