Toshkentda boʻlib oʻtadigan boks boʻyicha jahon chempionatining sovrin jamgʻarmasi qancha?

    Boks boʻyicha Toshkentda oʻtadigan Jahon birinchiligining sovrin jamgʻarmasi qanchani tashkil qilishi maʼlum boʻldi.

    Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) Toshkentda boʻlib oʻtadigan boks boʻyicha jahon chempionatining sovrin jamgʻarmasini maʼlum qildi. Umumiy sovrin jamgʻarma 5,2 million AQSH dollari boʻladi.

    Oltin medal sohiblari — 200 ming dollar, kumush egalari — 100 ming dollar, bronza sohiblari — 50 ming dollarga ega boʻladi.