Shuningdek, chiqindilar sohasidagi shikoyat va murojaatlar endi Xalqnazorati.uz platformasi orqali markazlashtirilgan tarzda qabul qilinadi.
2026-yil 1-yanvardan boshlab tizim yanada kengaytiriladi:
- har bir mahallaga chiqindi tashuvchi texnikaning kelish vaqti hamda yoʻnalishi onlayn kuzatiladi; Mahallalarni konteynerlar bilan taʼminlash boʻyicha ikki yillik dastur joriy etiladi;Kunlik chiqindi hajmi ochiq eʼlon qilinadi;
- fuqarolar xizmat sifatini baholay oladi;
- yuridik tashkilotlar bilan shartnomalar ijrosi onlayn nazorat qilinadi.
Mazkur tashabbuslar poytaxtda chiqindilarni boshqarish tizimini shaffof, qulay va samarali qilishga xizmat qiladi.









