Toshkentda chorrahalar va koʻchalarni taʼmirlash boʻyicha keng koʻlamli ishlar boshlanadi

    Toshkent shahar hokimligi poytaxtning qator chorrahalari va koʻchalarini taʼmirlash va rekonstruksiya qilish boʻyicha keng koʻlamli ishlar boshlanishini maʼlum qildi.

    Ishlarning asosiy qismi joriy yilning may oyidan sentyabrigacha – maktablar va oliy oʻquv yurtlarida taʼtil kunlarida amalga oshiriladi.

    Ishlar asosan tungi vaqtda bajariladi. Poytaxtdagi piyodalar va haydovchilar bu ishlarning ogʻirligini his qilmasliklari uchun barcha imkoniyatlar ishga solinadi.

    Ish birinchi marta keng koʻlamda, yangi qoplama (SHMA) turlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi. Shu bilan birga, yer osti kommunikatsiyalari ham tekshiriladi.

    “Ish jarayonida haydovchilar uchun ham, piyodalar uchun ham noqulayliklar tugʻilishi muqarrar. Biz oldindan uzr soʻraymiz va vaziyatni tushunishingizni soʻraymiz, chunki bu qisqa muddatli qiyinchiliklar uzoq muddatli qulaylik uchun xizmat qiladi”, deyiladi xabarda.

    Chorrahalar:

    1 Bunyodkor shohkoʻchasi – Qatortol-2
    2 Shota Rustaveli – Choʻponota
    3 Shota Rustaveli – Bobur
    4 Choʻponota – Bogʻiboʻston
    5 Choʻponota – Saʼdiy Sirojiddinov
    6 Choʻponota – Arnasoy
    7 Choʻponota – Chilonzor
    8 Choʻponota – Qatortol
    9 Amir Temur – Osiyo
    10 Amir Temur – Bogʻishamol
    11 Amir Temur – Iftixor
    12 Amir Temur – Shahriston
    13 Mirzo Ulugʻbek – Parkent
    14 Mirzo Ulugʻbek – Mahtumquli
    15 Muqumiy – Qatortol
    16 Muqumiy – Chilonzor
    17 Muqumiy – Arnasoy
    18 Muqumiy – Shohjahon
    19 Mahtumquli – KHAY
    20 Mahtumquli – Sodiq Azimov
    21 Mahtumquli – Yahyo Gʻulomov
    22 Mahtumquli – Shahrisabz
    23 Nurafshon – Sagʻbon
    24 Nurafshon – Farobiy
    25 Nurafshon – Beruniy
    26 Nurafshon – Qorasaroy
    27 KHAY – Sarikoʻl
    28 Yangi Sergeli – Choshtepa
    29 Sagʻbon – Farobiy – Saqchimon
    30 Gavhar – Dumbirobod
    31 Moʻminov – Doʻrmon yoʻli
    32 Shifokorlar – Farobiy

    Koʻchalar:

    1 Bobur
    2 Furqat
    3 Lutfiy
    4 Shota Rustaveli
    5 Beshqayragʻoch
    6 Feruza
    7 Yuzrabot
    8 Saqchimon
    9 Laylitoʻgʻon
    10 Zarqaynar
    11 KHAY
    12 Osiyo
    13 Qorasaroy
    14 Sagʻbon
    15 Shahrisabz
    16 Parkent
    17 Pahlavon Mahmud koʻchasidan Chkalov koʻchasigacha