Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Shu yilning 23-sentyabr kuni soat 09:25 larda Mirzo Ulugʻbek tumani Buyuk Ipak yoʻli-Uzumzor koʻchalari chorrahasida haydovchi 1994-yilda tugʻilgan M.M. “Cobalt” rusumli avtomashinasini va haydovchi 2001-yilda tugʻilgan K.S. boshqaruvida boʻlgan “Spark” rusumli avtomashinalari toʻqnashishi oqibatida yoʻl transport hodisasi sodir boʻldi.

YTH oqibatida “Cobalt” rusumli avtomashina yoʻlovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan.

Barcha yoʻl harakati qatnashchilaridan qoidalarga rioya qilishlarini tezlikni belgilangan meʼyorlardan oshirmasliklarini soʻraymiz, — deyiladi xabarda.