Toshkentda daraxtlarni sunʼiy ravishda quritishga urinish holati qayd etildi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Mirobod tumani Katta Mirobod mahallasi hududidan “Daraxtlar vahshiylarcha oʻldirilmoqda” sarlavhali murojaat tarqaldi.

    Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi mazkur holat yuzasidan tezkor ishchi guruh tuzilgani, qayd etilgan manzilda atroflicha oʻrganish ishlari olib borilganini maʼlum qildi.

    Oʻrganish natijasiga koʻra, xabar oʻz tasdigʻini topib, dastlabki surishtiruv ishlari boshlab yuborildi.

    Holat yuzasidan batafsil maʼlumot berilishi maʼlum qilindi.