баннер
29 Mar 2025
16:16

    Toshkentda dolzarb ekologik muammolarga bagʻishlangan koʻrgazma ochildi

    Shu yilning 15-fevral kuni Toshkent Fotosuratlar uyida “Qaytish“ nomli koʻrgazma ochildi.

    Badiiy akademiya, Badiiy ijodkorlar uyushmasi, Toshkent Fotosuratlar uyi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Turizm qoʻmitasi, “Auto.uz” va LA KUBA hamkorligida tashkil etilgan koʻrgazmada tabiat, texnologiya va ekologiyaning oʻzaro taʼsirini ochib beruvchi 50 ta kartina va 4 ta tematik instalyatsiya taqdim etildi.

    Koʻrgazmadan, shuningdek, tabiatdan ilhomlanib ishlangan manzaralar va afsonaviy qiyofalar, texnologiya va tabiat oʻrtasidagi muvozanatni aks ettirgan ekspozitsiyalar, sof tabiat va hayot manbasi tasvirlari ham oʻrin olgan.

    Taʼkidlash joizki, mazkur koʻrgazma insonlarni tabiatga yanada eʼtiborliroq boʻlishga undaydi. Unda 2050-yilga borib dunyo suv tanqisligi borasida jiddiy muammoga duch kelishi, texnologiyalarning atrof-muhitga taʼsiri ortib borishi, ekologik inqiroz kuchayishi ehtimollari kabi masalalarga alohida urgʻu qaratilgan.

    Koʻrgazma 23-fevralgacha davom etadi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech