Ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan tuzilgan maxsus komissiyaga quyidagi vakolatlar berildi:
-Tabiiy changlanish kuchaygan paytda sanoat korxonalari, transport, issiqlik taʼminoti va boshqa sohalarda cheklovlarni joriy qilish;
-transport vositalari harakatini cheklash, jumladan:
- Toshkent shahrida yuk tashish avtotransport vositalari harakatini vaqtincha cheklash amaliyotini yoʻlga qoʻyish;
- avtotransport vositalarining, jumladan, davlat raqamiga mos ravishda toqu juft sanalarda harakatlanishni cheklash amaliyotini joriy qilish (elektromobillar bundan mustasno);
- harakatlanishi vaqtincha cheklanadigan avtotransport vositalari turlari, koʻchalar va boshqa hududlarni belgilash;
- Atmosfera havosi sifatiga salbiy taʼsir qiluvchi moddalar yoqqan issiqxonalar va boshqa obyektlar faoliyatini vaqtincha yoki toʻliq toʻxtatish;
- Toshkent shahridan boshqa hududlarga koʻchirilishi majburiy boʻlgan sanoat korxonalari va sanoat zonalarini belgilash;
- Sanoat korxonalari uchun tashlanmalarning ruxsat etilgan miqdorini belgilash va ushbu talabni buzgan sanoat korxonalari faoliyatini toʻxtatish boʻyicha belgilangan tartibda chora koʻrish;
- Qurilish ishlarini amalga oshirishga cheklov va ularga talablar joriy qilish, jumladan qurilish vaqtida changni bartaraf etuvchi uskunalarni oʻrnatish va boshqa talablar;
- Davlat organlari va tashkilotlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini ekologik talablarning amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida muvofiqlashtirish;
- Oqar suv (daryo, kanal, ariq) obyektlarida suv obyektlari qirgʻoq muhofaza mintaqa zonalarida qurilishni taqiqlash va ekologik vaziyatni yaxshilash bilan bogʻliq boshqa vakolatlar.