Toshkentda ekstremistik tashkiloti aʼzolarining faoliyatiga chek qoʻyildi

    Xavfsizlik 6 Iyul 2022 1339

    Olmazor va Shayxontoxur tumanlarida istiqomat qiluvchi respublikamizda faoliyati taqiqlangan “Hizb ut-Tahrir” aʼzolarining faoliyatiga chek qoʻyildi, deya xabar beradi IIV matbuot xizmati.

    Ayniqlanishicha, “I.A” 10 nafardan ortiq sinfdoshlarini “Telegram” ilovasida tashkil qilingan “Choyxona” va “Iymonlashaylik” kabi guruhlarga qoʻshib, taqiqlangan materiallarni tarqatib kelgan.

    Shuningdek, “I.A.” yaqinlari va koʻplab tanishlarini “tahrirchilar” safiga aʼzo boʻlishga daʼvat qilib, Internet orqali ekstremistik mazmundagi audio va video materiallar tarqatgan.

    Oʻz navbatida, guruh aʼzolari mazkur materiallar bilan tanishib, “Hizb ut-Tahrir” faoliyatini qoʻllab-quvvatlab kelishgan.

    Mazkur jinoiy guruhning faoliyati ayni paytda Polshada yashirinib kelayotgan “Hizb ut-Tahrir” DETning gʻoyaviy yetakchilaridan biri boʻlgan, Oʻzbekistondagi va xorijdagi vatandoshlarimizni radikallashuviga hamda jinoyatchiga aylanib qolishlariga sababchi boʻlayotgan “Mahmud Abdulmoʻmin” taxallusli 1980-yilda Qirgʻiziston Respublikasida tugʻilgan, mazkur davlat fuqarosi va sodir etgan jinoyatlari uchun xalqaro qidiruvda boʻlgan Xoldarov Maxmudjon Abdumalikovich tomonidan boshqarilgan.

    Hozirda yuqoridagi shaxslarga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.