Toshkentda elektrobus va ikkita mashina haydovchilari janjallashdi

    Toshkent shahar IIBB Bektemir tumanida elektrobus va yengil mashina haydovchilari o'rtasida sodir bo'lgan janjal yuzasidan ma'lumot berdi.

    Ma'lum qilinishicha, 16 iyun kuni soat 15.30 larda Bektemir tumanidagi Husayn Boyqaro shohko'chasida 35 yoshli elektrobus haydovchisi Sh.Sh. va Nexia-2 haydovchisi R.I. hamda “Zaz-1102” haydovchisi F.Z. o'rtasida o'zaro janjal yuzaga kelgan.

    Janjal avtobus bekatda to'xtagan vaqtida ortidan yuqorida qayd etilgan ikkita engil avtomashina to'qnashgani sabab yuzaga kelgan.

    Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o'tkazilmoqda. “Natijasi bo'yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta'minlanadi”, — deyiladi xabarda.