Qayd etilishicha, shu yilning 2-iyul kuni soat 04:07 da Toshkent shahar Yangihayot tumani, Doʻstlik 2 dahasi 13 uy orqasida, elektromobil yonayotganligi toʻgʻrisida, Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Kelib tushgan xabarga asosan, yongʻin-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 04:13 da yetib borgan va yongʻin soat 04:25 da batamom oʻchirilgan.
Yongʻin oqibatida bir fuqaro kuyish tan jarohati olish natijasida shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda yongʻin sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.









