Toshkentda «Elektron poliklinika» axborot tizimlari joriy etildi

    Raqamlashtirish 9 Yanvar 2021 1289

    Bu haqda AOKAdagi brifingda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov ma'lum qildi:

    “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi boʻyicha kelgusi 3 yilda hududlar va tarmoqlarni raqamli transformatsiya qilish boʻyicha 1627 ta loyiha amalga oshiriladi.

    Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish boʻyicha 2020-2022-yillarda 42 ta vazirlik va idorada jami 260 dan ortiq loyihani amalga oshirish boshlab yuborilgan. Qator loyihalar 2020-yilning oʻzida yakuniga yetdi.

    “Raqamli Toshkent” dasturi doirasida 30 dan ziyod axborot tizimini yaratish va integratsiyalar loyihasi amalga oshirilmoqda.

    Tibbiyot sohasida IT-texnologiyalarni joriy qilish, jumladan “Yagona tez tibbiy xizmat” axborot tizimini tashkil etish orqali fuqarolar murojaatlarini qabul qilishga sarflanadigan vaqtni ikki barobarga qisqartirishga erishildi. Toshkent shahridagi 88 ta oilaviy poliklinikada “Elektron poliklinika” axborot tizimlari joriy etildi»