Toshkentda elektrosamokatlar yonib ketdi

    Holat yuzasidan Toshkent shahar FVB matbuot xizmati maʼlumot berdi.

    Shu yilning 30-may kuni soat 08:03 da Toshkent shahar Mirobod tumani, Islom Karimov koʻchasida joylashgan 25-uy oldida elektrosamokatlar yonayotganligi toʻgʻrisida, Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.

    Kelib tushgan xabarga asosan voqea joyiga yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 08:07 da yetib borgan va yongʻin soat 08:09 da batamom oʻchirilgan.

    Maʼlumotlarga koʻra, yongʻin oqibatida hech kim jarohatlanmagan.

    Hozirda yongʻin sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.