Toshkentda “Equinox” yonib ketdi

    Ijtimoiy hayot 16 Iyul 2025 357

    Hozirda yongʻin sababi aniqlanmoqda.

    Qayd etilishicha, shu yilning 16-iyul kuni soat 00:08 da Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani, Mirzo Ulugʻbek shoh koʻchasida “Equinox” rusumli avtotransport vositasi yonayotganligi toʻgʻrisida, Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

    Kelib tushgan xabarga asosan, yongʻin-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 00:11 da yetib borgan va yongʻin soat 00:16 da batamom oʻchirilgan.

    Maʼlumotlarga koʻra, yongʻin oqibatida jabrlanganlar yoʻq.