Qayd etilishicha, shu yilning 18-aprel kuni soat 16:37 da Toshkent shahar Qoʻriqlash boshqarmasiga Yunusobod tumanidagi bank xizmatlari markazidan tashvish xabari kelib tushgan.
Xabar asosida tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlari voqea joyiga borishganda nomaʼlum fuqaro koʻrinishidan toʻpponchaga oʻxshagan buyum bilan markaz ishchisidan pul talab qilayotganini guvohi boʻlishgan.
Huquqbuzar xodimlarni koʻrib markaz oynasini sindirib qochib ketayotgan vaqtda koʻrilgan tezkor choralar natijasida qoʻlga olingan.
Dastlabki oʻrganishlar jarayonida ushbu fuqaro Qibray tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro M.M. ekanligi, uning qoʻlidagi oʻyinchoq toʻpponchaligi aniqlangan.
Holat boʻyicha voqea joyiga IIO xodimlari chaqirtirilib, fuqaro oʻrnatilgan tartibda Yunusobod tumani IIO FMB ga topshirilgan.
Hozirda IIO tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.