“Millar” dasturida aytilishicha, olis viloyatdan poytaxtga kelayotgan ona tushlik uchun oʻziga yoʻldan lavash va qovurilgan kartoshka sotib olgan. Qoʻlidagi 10 oylik chaqaloq yigʻlagani uchun ona qoʻlidagi lavash va kartoshkani ogʻzida chaynab, chaqaloqqa ham yedirgan. Oradan maʼlum vaqt oʻtgach goʻdakning ahvoli ogʻirlashib qolgan.
Shifokorning taʼkidlashicha, chaqaloqda koʻp marotaba qayt qilish, ichidan qon ketish, qorni dam boʻlishi va doimiy ogʻriqlar kuzatilib kelgan. Ichak chirishi sababli endilikda bir nechta operatsiya bajarilishi kerak. Birinchi bosqichda ichakning chirigan qismi olib tashlangan va ichak stomasi chiqarib qoʻyilgan. Bu stoma bilan chaqaloq 6 oycha yashab turadi, keyin yana operatsiya qilinadi va ichak tiklanadi.
Shifokorlarning qoʻshimcha qilishicha, chaqaloq ushbu stoma bilan 6 oy davomida yashab turadi va ushbu muddat oʻtgach qayta operatsiya qilinib, ichagini tiklashga toʻgʻri keladi va keyingi operatsiyaga qadar chaqaloq parhez holatida boʻlib turadi.








