Toshkent shahar IIBB, DXX bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan uylardan birini ijaraga olib, u yerda koll-markaz faoliyatini qoʻlga qoʻyishgani aniqlandi.
Ular fuqarolarga soxta qoʻngʻiroqlar orqali firibgarlik yoʻli bilan ularni aldab, mol-mulklarini talon-taroj qilish bilan shugʻullanib kelishgan ushbu jinoiy guruhda ikki nafar tashkilotchi hamda 20ga yaqin operatorlar faoliyat yuritgan.
Oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida gumonlanuvchilardan 15 mingdan ortiq fuqarolarning abonent raqamlari, shaxsga doir maʼlumotlari, giyohvandlik moddalari, 35 dona uyali aloqa vositalari, 10 dan ortiq bank plastik kartalari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 278/4-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchilar qamoqqa olingan.