Qayd etilishicha, shu yilning 22-yanvar kuni soat 02:10 da Toshkent shahar Sergeli tumani, Qumariq koʻchasida joylashgan, Toshkent xalqaro aeroporti avtoturargohida, avtomobil yonayotganligi toʻgʻrisida, Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan yongʻin-qutqaruv ekipaji aytilgan manzilga tezkorlik bilan yetib borgan va yongʻin soat 02:21 da oʻchirilgan.
Yongʻin oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq.