KfW 80 foiz Germaniya federal hukumatiga (20 foizi — federal hududlarga) tegishli boʻlgan banklar guruhidir.

Guruhda xalqaro moliyalashtirish boʻyicha quyidagi boʻlinmalar faoliyat yuritadi:

KfW IPEX-Bank xalqaro loyihalar va eksportni moliyalashtirish uchun javobgardir;

DEG — KfWning shuʼba korxonasi boʻlib, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarga sarmoya kiritadigan kompaniyalarni moliyalashtiradi va maslahat beradi;

KfW taraqqiyot banki — Germaniya hukumati nomidan butun dunyo boʻylab moliyaviy hamkorlik loyihalarini ilgari suradi.

Toshkentdagi ofis xorijiy davlatning iqtisodiy va texnikaviy hamkorlik boʻyicha davlat tashkilotining vakolatxonasi sifatida akkreditatsiyadan oʻtadi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ushbu hukumatlararo kelishuvni amalga oshirish uchun masʼul vakolatli organ hisoblanadi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.