Taʼkidlanishicha, 2023-yil 12-fevral kuni soat 01:30 larda Shayxontohur tumaniga xizmatga jalb qilingan YPX inspektorlari – kichik serjant J.Temirov, safdor Q.Zikirovlar tomonidan Laylitugʼon koʼchasi boʼylab harakatlanib kelayotgan avtomobil toʼxtatilgan.
2002-yilda tugʼilgan N.T. boshqaruvidagi KIА rusumli avtomobilь hujjatlarini tekshirish davomida haydovchining oʼzini tutishi YPX inspektorlarida shubha uygʼotgan.
Xolislar ishtirokida haydovchi koʼzdan kechirilganda, qoʼl sumkasi ichidan pnevmatik qurol topilgan.
Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro hamda aniqlangan pnevmatik qurol Shayxontohur tumani IIO FMB ga topshirilgan.