1978 yilda tug‘ilgan A.F., 1980 yilda tug‘ilgan M.A. hamda 1983 yilda tug‘ilgan A.G.(ayol) ushbu jinoiy guruhning aʼzolari sifatida faoliyat yuritganligi aniq bo‘lgan.
Guruhning faol aʼzolari bo‘lgan A.F. va M.A. Toshkent shahrida joylashgan “Avtomobil bozori”, “Jomiy bozori” va “Bekto‘pi bozorlari”da bo‘yoq tarqatish va sotish bilan shug‘ullanib, biznes hamkorlari hamda yaqin qarindoshlariga Telegram ijtimoiy tarmog‘ida tashkil qilgan bir nechta guruhlari orqali “Hizb ut-Tahrir” materiallarini tarqatib, ularni “tahrirchilar” safiga aʼzo bo‘lishga daʼvat qilishgan.
Ushbu shaxslarning jinoiy harakatlari “Hizb ut-Tahrir”ning faol yollovchilari hisoblangan, ayni paytda xalqaro qidiruvda bo‘lgan Mahmud Abdulmo‘min (1980 yilda Qirg‘iziston Respublikasida tug‘ilgan, Xoldarov Maxmudjon Abdumalikovich) va Islom Abu Halil (1984 yilda Namangan viloyati Namangan shahrida tug‘ilgan Nurmatov Ismoil Ibroximovich)lar tomonidan boshqarilgan.
«Mahmud Abdulmo‘min»
«Islom Abu Xalil»
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.









