Qayd etilishicha, shu yil 8-fevral kuni J.Qurbonov ushbu tuman Ichki ishlar boshqarmasiga chaqirtirilgan va u yerda ikki kun davomida noqonuniy ravishda ushlab turilib, turli shakllarda zoʻravonlikka duchor qilingan. Natijada, oyogʻi singani, bosh qismi lat yegani va shishlar kuzatilgani maʼlum qilingan.
Mazkur holat Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) nazoratiga olindi. Holat yuzasidan Bosh prokuraturaga Ombudsman talabnomasi kiritildi.
Ombudsman ushbu holatni qonun talablari doirasida koʻrib chiqilishi, voqeaning barcha jihatlarini ochiq va adolatli surishtiruvini taʼminlashni soʻraydi.








