Shu kuni H.T. oʻzining jinoiy harakatlarini davom ettirib, jinoiy sherigi “Abror” ismli shaxs bilan birga J.R.ga berilgan 496 dona qalbaki, 4 dona haqiqiy 100 AQSH dollarlik kupyuralarni va xonadon hujjatlarini egallash maqsadida R.J.ning xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda toʻpponcha bilan qurollangan holda bostirib kirib, uni urib, qoʻrqitib, boʻgʻgan holda H.T. tomonidan berilgan qalbaki pullarni va uy hujjatlarini berishni talab qilib, R.J.ga tan jarohati yetkazishgan.

Holat yuzasidan nomaʼlum shaxs “Abror”ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 164-moddasi 3-qismi “v” bandi, 168-moddasi 4-qismi “a” bandi, 176-moddasi 3-qismi “a” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Surishtiruv ishlari davomida, 2021-yilning 17-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi IIV JQBB, Oʻzbekiston Respublikasi DHX va Toshkent shahar IIBB JQB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir natijasida, “Abror” ismli shaxs, 1995-y.t., Samarqand viloyati Narpay tumanida yashovchi, fuqaro X.A. ekanligi aniqlanib, Toshkent viloyati Toshkent tumanida joylashgan “Gʻisht-Koʻprik” bojxona postida qoʻlga olindi va Oʻzbekiston Respublikasi IIV VSʼHga joylashtirildi.

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlarini Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan olib borilmoqda.