Toshkentda ilk bora butunjahon tozalik kuni nishonlandi

    Yashil sayyora 19 Sentabr 2020 2172

    O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi va Toshkent shahar hokimligi Kurantlar oldidagi “Bolajon” bog'i va Bo'rijar sohilidagi sharsharalar yonida mukammal tozalash ishlarini tashkillashtirib, o'tkazdi.

    O'zbekiston ekologik partiyasi va shoirlar ularga hamroh bo'ldi.

    Toshkent shahar hokimligi qoshidagi jamoatchilik kengashi va O'zbekiston ekologik qurilish bo'yicha Kengashi esa Al Xorazmiy maydonida kichik hashar o'tkazdilar. Bu erda ko'ngillilar chiqindilarni yig'ib, saralashdi.

    Birinchi Umumjahon tozalik kuni nafaqat tozalik borasida, balki poytaxt aholisining e'tiborini tozalikni asrashga qaratish borasida ham muvaffaqqiyatli o'tdi.