Poytaxt IIBB tasdiqlashicha, “Glans Gresselchaft Tashkent” korxonasiga tegishli intellektual foto-videoni qayd etish kameralari yoʻl chiziqlariga rioya qilmaslik, tezlikni oshirish, uyali telefondan foydalanish, xavfsizlik kamaridan foydalanmaslik va boshqa qoidabuzarliklarni qayd etish imkoniyatiga ega.

Agar uskunalar sinovdan muvaffaqiyatli oʻtsa, u poytaxt yoʻllarining eng muammoli chorrahalarida oʻrnatiladi.