Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar beradi.

Qayd etilishicha, hozirgi bosqichda xabda kasbga yoʻnaltirilgan taʼlim dasturlari amalga oshiriladi va sinovdan oʻtkaziladi. Bu noyob maskan yoshlarning abilitatsiyasi, reabilitatsiyasi va jamiyatga moslashishi maqsadida ularga sifatli taʼlim olish, iqtidorlarini namoyon etish, zamonaviy hamda istiqbolli kasblarni tanlashda teng imkoniyatlar yaratadi.

Loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha taʼlim va maktab taʼlimi vazirligi, Bandlik va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda “Zamin” fondi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Hub faoliyati haqida batafsil maʼlumotni uning rasmiy sahifalaridan olish mumkin.