Bu haqda poytaxt hokimligi maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, barqaror iliq bahor ob-havosi kuzatilayotgani sababli markazlashtirilgan isitishga boʻlgan ehtiyoj kamaymoqda.

Isitish mavsumini yakunlash boʻyicha qaror ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda qabul qilingan. Shu bilan birga, aholiga qulaylik yaratish maqsadida bayram kunlari davomida issiqlik taʼminoti saqlab qolinadi.

Bu esa turar joy binolarida haroratning keskin oʻzgarishini oldini olish va muhandislik tizimlarining barqaror ishlashini taʼminlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, mazkur jarayon kommunal infratuzilmaga tushadigan yuklamani kamaytirish va resurslardan oqilona foydalanish imkonini beradi.

Qayd etilishicha, bayram kunlari shahar xizmatlari kuchaytirilgan tartibda ishlaydi. Ob-havo va issiqlik taʼminoti tizimlari doimiy nazoratda boʻlib, zarurat tugʻilganda tezkor choralar koʻrishga tayyor holat saqlanadi.