Holat yuzasidan Mirobod tumani hokimligi rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, 20-iyundan 2-avgustgacha Toshkent shahrida issiqlik tarmoqlarining gidravlik sinovlari (mexanik kuch va zichlik uchun yuqori bosim ostida issiqlik tarmoqlarining sinovlari) oʻtkaziladi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi holat gidravlik sinov vaqtida "Fayziobod" GAI hududida roʻy bergan va shu joyning oʻzida barcha choralar koʻrildi. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Sinovlar 2014-yil 18-dekabrdagi "Issiqlik tarmoqlari va issiqlik punktlaridan texnik foydalanish qoidalari" bilan tartibga solinadi.
Shuningdek, sinovlar davomida issiqlik tarmoqlari quvurlarining shikastlanishi va issiq suv yoʻllar va yoʻlaklarga chiqishi mumkin. Haydovchilar, piyodalar hamda maʼmuriy va turar-joy binolaridagi yurtdoshlarimizdan eʼtiborli va ehtiyot boʻlishlarini soʻraymiz, — deyiladi xabarda.