Toshkentda issiq suv va isitish taʼminoti tariflari oshirilishi maʼqullandi

    Poytaxtda issiq suv va issiqlik taʼminoti tariflarini oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

    U 22-avgust kuni xalq deputatlari kengashining majlisida maʼqullandi.

    Yangi tartibda koʻra, markaziy isitish va issiq suv yetkazib berish xizmatlari uchun:

    • bazaviy tarif QQSsiz 711 641 soʻm/Gkal;
    • aholi uchun QQSsiz 139 860 soʻm/Gkal;
    • byudjet tashkilotlariga 952 797 soʻm/Gkal;
    • boshqa ulgurji xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlarga QQSsiz 342 296 soʻm/Gkal
    • miqdorida narxlar (tariflar) qoʻllanilishi maʼqullangan.

    Yangi tariflarni joriy etish muddati hali eʼlon qilinmagan.