Toshissiqquvvati davlat unitar korxonasi 24 va 25-mart kunlari issiq suv boʻyicha issiqlik isteʼmolchilarini chegaralash orqali issiqlik tarmoqlarini hisoblangan harorat boʻyicha sinovdan oʻtkazadi, deb xabar berdi Toshkent hokimligi matbuot xizmati.
Bundan tashqari, 30-martdan 11-aprelgacha, issiq suv boʻyicha issiqlik isteʼmolchilarini chegaralamagan holda, issiqlik tarmoqlarining mexanik chidamliligi va zichliligini (yuqori bosimda) sinovdan oʻtkazadi.
“Sanoatenergo” qozonxonasi taʼsir doirasida 6-aprel kuni issiq suv taʼminoti boʻlmaydi.
Qayd etilishicha, sinov jarayonlarida issiqlik tarmoqlari quvurlarida shikastlanishlar boʻlishi mumkin. Yoʻllarning qatnov qismiga va piyodalar yoʻliga issiq suv sachrashi mumkin.
Shu bois hokimiyat haydovchilar va piyodalar, maʼmuriy va turar joy binolaridagi odamlardan ehtiyotkor va eʼtiborli boʻlishlarini, yuzaga kelgan nosozliklar boʻyicha 78 129−01−85 telefoniga murojaat qilishlari mumkinligi soʻralgan.
Quyidagi issiqlik markazlarini, bahorgi taʼmirlash ishlari munosabati bilan, toʻliq rejali toʻxtatish moʻljallanmoqda:
- 1-IM “Shimoli-Sharqiy” — 16-maydan — 20-maygacha;
- 2-IM “Qorasuv” — 23-maydan — 27-maygacha;
- 3-IM “Gʻarbiy” — 9-maydan — 13-maygacha;
- 4-IM “Shimoliy” — 23-maydan — 27-maygacha;
- 5-IM “Chilonzor” — 16-maydan — 20-maygacha;
- 6-IM “Janubi-Gʻarbiy” — 9-maydan — 13-maygacha;
- 7-IM “Aviasozlar” — 30-maydan — 3-iyungacha;
- 8-IM “Sergeli” — 30-maydan — 3-iyungacha;
- “Vodnik” — 9-maydan — 13-maygacha;
- “Sanoatenergo” — 30-maydan — 3-iyungacha;
- ToshIEM — 6-iyundan — 10-iyungacha.
Issiqlik manbalarining amal qilish hududlari manzillari roʻyxati:
1-IM (M-1,4)
Mustaqillik shoh koʻchasi, Mirzo Ulugʻbek, Buyuk ipak yoʻli, Qori Niyoziy, Muhammad Yusuf, Sayram, Tamaraxonim, Oqqoʻrgʻon, Oʻtkir Sultonov, Osiyo, Lev Tolstoy, Navnihol, Navnihol 3-koʻchasi, Yassi, Qalandar, Boʻz, Sayram 5-tor koʻchasi, Sayram 7-tor koʻchasi, Chust, Katta Darxon, Katta Darxon 2-tor koʻchasi, Geologiya, Ibrohim Moʻminov, Niyozbek yoʻli, Kichik halqa yoʻli, Katta halqa yoʻli, Doʻrmon yoʻli, Shahriobod, Ziyolilar, Mirzakalon Ismoiliy, Parkent, Bogʻishamol, Namangan, Zarbuloq, Qirqyigit, Tamaraxonim tor koʻchasi, Ozodlik koʻchalari, Yalongʻoch, Toshqishloqmash, Mavlono Riyoziy, Boʻz-1 dahalari, ToshGRES posyolkasi, Hamid Olimjon maydoni, Toshkent Davlat Agrar Universiteti hududi.
2-IM
Mirzo Ulugʻbek, Temur Malik, Avayxon, Mingbuloq, Feruza, Mirishkor, Shukur Burxonov, Razzoq Hamroyev, Salom, Doʻrmon yoʻli koʻchalari, Qorasuv-1,2,3,4,6, Feruza, Boʻz-2 dahalari.
3-IM (M-1,4)
Bunyodkor shoh koʻchasi, Navoiy, Olmazor, Beruniy, Islom Karimov, Qoratosh, Furqat, Afrosiyob, Kichik halqa yoʻli, Shifonur, Ziyo, Qoraqamish, Talabalar, Universitet, Samarqand Darvoza, Abay, Abdulla Qodiriy, Koʻkcha Darvoza, Beshyogʻoch, Nurafshon, Paxtakor, Huvaydo, Gulobod koʻchalari, Chorsu maydoni, Chorsu, Qoratosh, Olmazor, Beshyogʻoch, M — 10, 11, 13, 14, M-26, 27, 28, B-1, B-2, B-3, Qoraqamish 2/1 dahalari, Talabalar shaharchasi, ToshDTU hududlari.
4-IM (M-0,1)
Amir Temur, Mustaqillik shoh koʻchalari, Osiyo, Bogʻishamol, Minor 1-berk, Chingiz Aytmatov, Kichik halqa yoʻli, Hamid Olimjon, Mingoʻrik, Abdulla Qodiriy, Bodomzor, Koʻrgazma, Qozitarnov, Girgirtepa, Shivli, Shuhrat, Bogʻiravon, Mukarrama Turgʻunboyeva, Gulsaroy, Sebzor, Oltinsoy, Shimoliy Olmazor, Zulfiyaxonim, Labzak, Nurafshon, Qoraqamish, Qoraqamish 1-koʻchalari, M-1,2,4,5,6,12,15,M-17,18 (Sebzor), Taxtapul, Qoraqamish 1/1, ½, 1/3, ¼, 2/1, 2/2, 2/3, 2/4, 2/5 dahalari, Hamid Olimjon maydoni.
4-IM (M-4,8)
Amir Temur shoh koʻchasi, Ahmad Donish, Yangishahar, Dexqonobod, Sohibkor, Katta halqa yoʻli, Kichik halqa yoʻli, Shahriston, Uch Qahramon, Moyqoʻrgʻon, Rixsiliy, Yangi Yunusobod, Yunusota, Jumamasjid, Yunusobod dahasi 1−19 mavzelari.
5-IM (M-0,4)
Zargarlik, Lutfiy, Qatortol, Guliston, Farhod, Choʻponota, Bogʻiboʻston, Kichik halqa yoʻli, Naqqoshlik, Doʻmbirobod, Doʻmbirobod 4-tor koʻchasi, Serquyosh, Oʻsmir, Taxiatosh, Shirin, Maqsud Shayxzoda, Qatortol 1-koʻchasi, Qatortol 2-koʻchasi, Katta Xirmontepa koʻchalari, Chilonzor dahasi 5−12, G9A, 16−20, 24−26, S, 20A, Doʻmbirobod mavzelari, Sharq, Guliston, Al-Xorazmiy-1,2 dahalari.
6-IM
Munis, Sarikoʻl, Eski Sarikoʻl, Yangizamon, Yangi Qoʻyliq, Abdurauf Fitrat, Fargʻona yoʻli, Tollimarjon, Fayzobod, Mehrjon, Sayhun, Surxon koʻchalari, Qoʻyliq-1−7, Qoʻyliq-Aylanma dahalari.
7-IM
Qorasuv, Beshariq, Birlashgan, Birlashgan 2-tor koʻchasi, Elbek, Asalobod, Quruvchilar, Uysozlar, Parkent, Choʻlpon, Alimkent koʻchalari, Ohangaron shossesi, Tuzel-1,2,3,4, Uysozlar-1, Asalobod-1,2, Aviasozlar shaharchasi -1,1a, 2,3,4 dahalari.
8-IM
Yangi Sergeli yoʻli, Mehrigiyo, Soʻgʻdiyona, Qipchoq, Chinor, Davlatobod, Doʻstlik, Mirzo Tursunzoda, Jahonaro, Qoʻrgʻontepa koʻchalari, Sergeli 1−8A, Yoʻldosh-1−18, M-1,2,3, Doʻstlik-1,2 dahalari.
9-IM
Taqachi, Guliston, Shirin, Lutfiy, Katta halqa yoʻli, Oʻrikzor, Katta Xirmontepa, Kichik halqa yoʻli, Beshqayragʻoch, Toʻqimachi, Nashriyot, Yusuf Sakkokiy, Foziltepa, Farhod koʻchalari, Sharq, Al-Xorazmiy-1,2, Beshqayragʻoch, Guliston, Izza dahalari, Chilonzor dahasi 7,13−15,21−25,30,31 mavzelari, “Oʻrikzor” bozori doirasida.
10-IM
Beltepa, Forobiy, Beruniy, Muxbir, Mirzo Gʻolib, Shifokorlar, Talabalar, Universitet, Qoraqamish 1-koʻchasi, Shifokorlar 2-koʻchasi, Qamarniso koʻchalari, Beltepa, Ibn Sino 1,2, Jarariq, Qamarniso, Beshqoʻrgʻon-1,2,3,4, Qoraqamish-2/4, Olimpiya dahalari, Shifokorlar shaharchasi, Talabalar shaharchasi, OʻzMU, ToshDTU hududlari.
ToshIEM (M-0)
Sharof Rashidov, Bobur, Shota Rustaveli, Bogʻiboʻston, Arnasoy, Katta Chilonzor, Afrosiyob, Fidokor, Shoxjahon, Jamshid Shoshiy, Abdulla Avloniy, Belariq, Imom at-Termiziy, Oʻrikzor, Bogʻtepa 5-tor koʻchasi, Jiydazor 1-tor koʻchasi, Muqimiy, Yakub Kolos, Chimkent, Seul, Askiya, Choʻponota, Nurafshon, Gulxaniy, Lutfiy, Bogʻiston, Samarqand Darvoza, koʻchalari, M-7, Oqtepa dahalari, Chilonzor dahasi 1−5,7,Ye,I, Oqtepa mavzelari.
ToshIEM (M-5,8)
Amir Temur, Mustaqillik shoh koʻchalari, Navoiy, Bobur, Glinka, Afrosiyob, Qumariq, Yahyo Gʻulomov, Buyuk Turon, Istiqbol, Zarafshon, Maxtumquli, Islom Karimov, Buxoro, Istiqlol, Sodiq Azimov, Said Baraka, Matbuotchilar, Sayilgoh, Shastri, Elbek, Kichik halqa yoʻli, Shahrisabz, Taras Shevchenko, Nukus, Oybek, Kichik Beshyogʻoch, Abdulla Qahhor, Haydar Aliyev, Oltin vodiy, Fidokor, Avliyoota, Moshtabib, Mirobod koʻchalari, M-1,2,4,5,7, Uchuvchilar shaharchasi, Qushbegi, Boshliq dahalari.
“Vodnik” qozonxonasi
Husayn Boyqaro koʻchasi, “Suvsoz” mavzesi doirasida.
“Sanoatenergo” qozonxonasi
“Quruvchi” mavzesi.
4-IM issiqlik manbasining toʻxtatilishi davrida, 10-IM issiqlik manbasi taʼsir doirasida boʻlgan manzillarda issiq suv taʼminoti boʻlmaydi.
5-IM issiqlik manbasining toʻxtatilishi davrida, 9-IM issiqlik manbasi taʼsir doirasida boʻlgan manzillarda issiq suv taʼminoti boʻlmaydi.