Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan, markazlashgan issiqlik taʼminotidan foydalanuvchi isteʼmolchilarni issiqlik bilan taʼminlash maqsadida, 5-noyabr soat 00:00 dan boshlab issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yoʻlga qoʻyiladi.
Muvofiq ravishda, 7-noyabrdan boshlab issiqlik energiyasi bilan bosqichma-bosqich taʼminlash ishlari boshlanadi.
“Sizning turar-joyingizda yoki rahbarlik qilayotgan muassasangizda issiqlik taʼminoti yoqilishi jarayonida biror-bir muammo va nosozliklarni aniqlasangiz yoki issiqlik yetkazib beruvchi tashkilot, XUJMSH va BSK rahbarlari yoki mutasaddilari tomonidan belgilangan ishlarni toʻlaqonli amalga oshirilmayotganligining guvohi boʻlsangiz 1055 yoki 71 210-01-87, 71 210-01-41, 71 210-01-11, 71 210-01-63 raqamlariga yoki ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga murojaat qilishingizni soʻraymiz.
Bu bilan Siz, shahardagi issiqlik taʼminoti yetkazib beruvchi va xizmat koʻrsatuvchi korxonalarga tizimdagi muammolarni oʻz vaqtida aniqlab, bartaraf etish masalasida sezilarli yordam bergan boʻlasiz,“ — deyiladi xabarda.