Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Xabarda taʼkidlanishicha, Toshkent shahridagi markazlashgan issiqlik taʼminotidan foydalanuvchi isteʼmolchilarni issiqlik bilan taʼminlash maqsadida 2022-yil 19-oktyabrdan issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yoʻlga qoʻyiladi.

Muvofiq ravishda, 22-oktyabrdan ijtimoiy soha obyektlari va 24-oktyabrdan koʻp qavatli turar joy binolarini bosqichma-bosqich issiqlik energiyasi bilan taʼminlash boshlanadi.