2021-yilning 15-oktyabr kuni O'zbekiston Badiiy akademiyasining “Akademiya” galereyasida “ItaliAE. Aka-uka Alinaridan tortib, zamonaviy fotografiya ustalariga qadar” nomli ko'rgazma ish boshladi. 

Ko'rgazmaning maqsadi Italiyaning kaleydoskopik tasvirini nostereotip tarzda taqdim etishdan iborat. Shuning bois namoyish ItaliAE deb nomlangan bo'lib, u fotosuratlar saylanmasi orqali hamma narsani o'z ichiga oladi.

Kuratorlar o'z maqsadlariga erisha oldi: tomoshabin Italiya muhitiga sho'ng'iydi, chunki atrofdagi hamma narsa — nafaqat landshaftlar, binolar va etna tog'i, balki bulutlar, qarashlar, chehralar, his-tuyg'ular va fotosuratga san'at sifatida yondashishning o'zi ham “italyancha”.

Ekspozitsiya uch qismdan iborat: “Peyzaj”, “Mehnatlar” va “Chehralar”.

Ko'rgazma Italiya elchixonasi tomonidan Italiya Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirligi, Fratelli Alinari IDEA kompaniyasi va O'zbekiston Badiiy akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

Ko'rgazma 12-noyabrgacha davom etadi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati. Shuningdek, xabar orqali koʻrgazmaning ish vaqti: 9:00-18:00da, manzili esa: Mirzo Ulugʻbek tumani, Sodiq Azimov koʻchasi, 35-uy ekanligi maʼlum qilingan.